Jahon | 23:42 / 10.07.2025
3601
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi

Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, ushbu lavozimni mudofaa vaziri Rustem Umerov egallashi mumkin.

Foto: Reuters

Volodimir Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini o‘zgartirishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. Bu haqda u Rimda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida ma’lum qildi.

2021 yildan beri Ukrainaning AQShdagi elchisi lavozimida Oksana Markarova faoliyat yuritib kelmoqda. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u elchi bilan gaplashgan va Markarova Ukrainada faoliyatini davom ettirishiga umid bildirgan, ammo «ko‘p narsa uning o‘ziga bog‘liq».

Zelenskiy AQShdagi yangi elchi kuchli nomzod bo‘lishi kerakligini ta’kidlab, ushbu lavozimni mudofaa vaziri Rustem Umerov egallashi mumkinligini aytdi.

«Agar men qaror qilsam — bu tez orada sodir bo‘ladi… Bizning muhim elchimiz mudofaa vaziri Rustem Umerov bo‘ladi va bu, albatta, Ukraina hukumatidagi jiddiy o‘zgarishlarga ta’sir qiladi. Nima uchunligi tushunarli — bugun barcha qarorlar, barcha budjetmiz — bu afsuski, urush», — deydi Ukraina prezidenti.

7 iyul kuni Bloomberg Zelenskiy AQSh prezident Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti davomida Vashingtondagi elchini almashtirish masalasini muhokama qilgani haqida yozgandi. Umerovdan tashqari mazkur lavozimga potensial nomzodlar orasida bosh vazir Denis Shmigal, bosh vazir o‘rinbosari Olga Stefanishina va energetika vaziri German Galushenko ham bor.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid