Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro viloyatida sayyohlik halqasi tashkil etiladi
Iroqning ommabop Agnaden gazetasida "Jondor tumanida turizmni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi" sarlavhali axborot materiali e’lon qilindi.
Unda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev Buxoro viloyati Jondor tumanida mahalliy aholi va turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozilgan.
"Uchrashuv davomida hududda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi turistik marshrutlar yaratish hamda mahalliy aholining bu sohadagi ishtirokini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlar o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammolar va takliflar bilan o‘rtoqlashdi", – deb ta’kidlangan maqolada.
Ma’lum qilinishicha, tashrif davomida Turizm qo‘mitasi raisi Jondor tumanidagi Ushot qishlog‘ini "turizm qishlog‘i"ga aylantirish borasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishgan.
"Tuman hokimligi bilan hamkorlikda tumanning "Varaxsha" arxeologik yodgorligi, "Qizbibi" ziyoratgohi, "Zarafshon" sohilbo‘yi dam olish maskani va "Ushot turizm qishlog‘i"ni o‘z ichiga olgan "turistik halqa" va 1-2 kunlik turistik dastur ishlab chiqishga kelishib olindi",– deya urg‘ulangan materialda.
Shuningdek, nashrda, oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish istagida bo‘lgan mahalliy aholiga zarur yordam ko‘rsatilayotgani ham qayd etilgan.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:50 / 17.06.2026
FVB tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
11:00 / 12.06.2026