Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 7 nafar bola uydagi hovuzda cho‘kdi
Ular shifoxonaga og‘ir ahvolda keltirilgan. Ikki nafari jonsiz holda bo‘lgan. Shoshilinch muolajadan keyin bolalardan birining yuragi urishni boshlagan.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida 7 nafar bola uydagi hovuzda cho‘kdi, ulardan ikki nafari halok bo‘ldi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar berildi.
Hodisa qachon va qayerda sodir bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi. Qayd qilinishicha, hovuzda cho‘kkan 7 nafar bola Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy markaziga og‘ir ahvolda keltirilgan. Ulardan ikki nafari jonsiz bo‘lgan. Qolgan 5 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Bolalardan biriga 40 daqiqa davomida yordam ko‘rsatilgach, yuragi urishni boshlagan. Ammo uning ahvoli hanuz og‘irligicha qolmoqda. Shifokor so‘zlariga ko‘ra, 40 daqiqa davomida gipoksiya holatida bo‘lgan bolaning sog‘ayib ketishi so‘roq ostida turibdi.
Uch nafar bola o‘ziga kelgach, jonlantirish bo‘limidan boshqa bo‘limga o‘tkazilgan.
Bolalarning yoshi haqida ma’lumot berilmadi. Shifokorning ta’kidlashicha, kichik yoshdagi bolalar hatto sayoz hovuzga tushganda ham cho‘kib ketishi mumkin. Ularni aslo qarovsiz qoldirmaslik tavsiya qilindi.
Mavzuga oid
10:00 / 05.03.2026
Milliy bog‘da katta qurilish: daraxt kesilgani uchun kim javob beradi?
18:50 / 04.03.2026
Toshkent bosh rejasining o‘zgarishi: endi ayrim joylarda 30-40 qavatgacha qurilish qilsa bo‘ladi
13:44 / 04.03.2026
Toshkent markaziy ko‘chalarida 200 dan ortiq daraxtda kasallik belgilari aniqlandi
11:47 / 04.03.2026