Jahon | 09:34 / 12.07.2025
3976
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

Ukraina prezidenti AQShdan qurol-yarog‘ yetkazib berish qayta boshlanganini tasdiqladi. U iyul oyining boshida to‘xtatilgandi. Volodimir Zelenskiy qaysi tizimlar yetkazib berilayotganiga aniqlik kiritmadi.

Foto: FABIO CIMAGLIA / EPA / TASS

AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni tikladi, dedi prezident Volodimir Zelenskiy 11 iyul, juma kuni ukrainaliklarga kundalik videomurojaatida. «Bizda eng yuqori darajada siyosiy signallar bor — yaxshi signallar, ayniqsa AQShdan, yevropalik do‘stlarimizdan. Barcha ma’lumotlarga ko‘ra, yetkazib berish qayta boshlangan», — dedi u.

Zelenskiy qaysi tizimlar AQShdan yetkazib berilayotganiga aniqlik kiritmadi. «Biz Yevropaning yangi mudofaa paketlarini ham tayyorlayapmiz», — deya qo‘shimcha qildi Ukraina davlati rahbari.

1 iyul kuni Politico nashri Oq uyga tayanib, Pentagon Ukrainaga Patriot tizimlari uchun zenit raketalari va boshqa yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilarni yetkazib berishni AQShning o‘zida bu qurollar zaxirasi haddan tashqari kamayib ketganidan xavotirlari fonida to‘xtatganini xabar qildi.

Shu bilan birga, CBS telekanali AQSh nafaqat Ukrainaga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatganini, balki bu qaror Pentagon AQShdan qurol olayotgan barcha davlatlarni o‘tkazayotgan keng ko‘lamli tekshiruvning bir qismi ekanini ma’lum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid