Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Farg‘ona va Surxondaryo savdo uyi tashkil etilishi mumkin
Novosibirsk viloyatida O‘zbekiston-Novosibirsk biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum mamlakat Bosh konsulxonasi, Novosibirsk viloyati Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Sibir, Ural va Uzoq Sharq investorlari klubi hamkorligida tashkil etildi.
Unda Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari rasmiylari va tadbirkorlaridan iborat delegatsiya, shuningdek, Novosibirsk viloyatining ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Novosibirsk viloyati ishbilarmon doiralari vakillari qishloq xo‘jaligi, metallurgiya, kimyo sanoati, isitish qozonlari ishlab chiqarish, tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda o‘z biznes-loyihalarini taqdim etdi.
Biznes-forum davomida, novosibirsklik tadbirkorlarning mahsulotlarini "Termiz" erkin iqtisodiy zonasi orqali Afg‘onistonga yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar joriy yil noyabr oyida "Termiz" erkin iqtisodiy zonasi hududida Novosibirsk viloyatining alohida ko‘rgazma pavilonini ochish, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha barcha zarur masalalarni hal qilish uchun Surxondaryo viloyatiga biznes-missiya tashkil etish bo‘yicha kelishib oldi.
Shuningdek, O‘zbekistonning Novosibirskda chakana va ulgurji savdoga mo‘ljallangan, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi shou-rumini hamda Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarining savdo uylarini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Iqtisodiy forum yakunida Rossiya tomoni bilan birgalikda mamlakat mahsulotlari va xomashyolarining elektron platformasini yaratishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025