O‘zbekiston | 11:30 / 14.07.2025
1589
2 daqiqa o‘qiladi

Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi

“Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Freepik

Qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad etib tadbirkorlar va soliq organlari o‘rtasidagi nizolarni hal qilish uchun sarflanadigan vaqt va xarajatlarni kamaytirish belgilandi.

Qarorga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari bo‘yicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi. 

Ekspert kengashining majlislari 1 oyda kamida 2 marta o‘tkaziladi.

Ekspert kengashiga soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqishda quyidagi vakolatlar beriladi:

🔹 soliq organlarining qarorlaridan norozi bo‘lgan tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, bundan jinoyat ishi doirasida yoki sud tartibida ko‘rib chiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno;
🔹 murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan xulosa qabul qilish;
🔹 qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda ko‘rib chiqish uchun soliq, bojxona va tegishli davlat organlariga yuborish hamda bu haqda tadbirkorni xabardor qilish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid