Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda ishlab chiqarish sexida yong‘in ro‘y berdi
Yunusobod tumanida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
Bugun, 14 iyul soat 07:39 da Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexlarining birida yong‘in ro‘y bergani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:44 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:14 da qurshab olindi va soat 08:51 da o‘chirildi.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
Voqea joyiga FVV rahbariyati, shahar va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.
Mavzuga oid
08:50 / 02.06.2026
Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
20:47 / 01.06.2026
Toshkentda transformator yonib ketdi
19:19 / 23.05.2026
Toshkent tumanidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
17:11 / 19.05.2026