Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi issiqlik tarmoqlari Fransiya ko‘magida yangilanadi
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha qiymati 39,9 mln dollarni tashkil etadi.
«Issiqlikta’minoti» kompaniyasi va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida Farg‘ona shahridagi Qirguli massivining issiqlik tizimini modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha memorandum imzolandi.
Loyiha 2027−2029 yillarda 76 kilometrlik issiqlik tarmoqlarini yangilash va 380 ta individual issiqlik punktlarini o‘rnatishni o‘z ichiga oladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha qiymati 39,9 mln dollarni tashkil etadi. U amalga oshirilgach, 317 ta ko‘p qavatli uy (16 617 ta xonadon) va 41 ta ijtimoiy obekt markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bilan ta’minlanadi.

Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026