Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning FlyArystan aviakompaniyasi Toshkentga yangi qatnovni yo‘lga qo‘ydi
15 iyul kuni Atiraudan uchgan birinchi reys Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Foto: Uzbekistan Airports
Qozog‘istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Atirau-Toshkent-Atirau yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.
15 iyul kuni birinchi reys Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bortida 139 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot aviatsiya an’analariga ko‘ra, suv arkasi bilan kutib olindi.
«Ushbu reysning yo‘lga qo‘yilishi FlyArystan xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini, shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi transport imkoniyatlarini kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi. Kompaniyaning Ostonadan Toshkentga mavjud yo‘nalishidan tashqari, yangi yo‘nalish Qozog‘istonning g‘arbiy qismidan O‘zbekistonga aviatashuvlarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi biznes, madaniy va sayyohlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi», dedi aviakompaniya prezidenti Richard Lejyer.
Parvozlar iyul va avgust oylarida - payshanba va yakshanba kunlari, sentabr va oktyabr oylarida - dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida parvoz davomiyligi 2 soat 20 daqiqani tashkil qiladi.
FlyArystan — 2019 yilda tashkil etilgan va Air Astana guruhi tarkibiga kiruvchi Qozog‘istonning birinchi loukoster aviakompaniyasi.
Mavzuga oid
21:43 / 23.04.2026
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshlashi mumkin
22:09 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev 2027–2029 yillarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi
20:19 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari kengashida ishtirok etdi
17:25 / 22.04.2026