Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda bo‘g‘ma va kobra ilonlar tabiatga qo‘yib yuborildi
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari hamda Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti mutaxassislari hamkorligida 6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni - jami 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi.
Foto: Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
O‘rta Osiyo kobrasi va Sharq bo‘g‘ma iloni zaifga yaqin, mozaik tarqalgan tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi hamda CITES'ning II ilovasiga kiritilgan. Qizil kitobdagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo kobrasi hozirda ayrim yashash joylarida butunlay yo‘q bo‘lib ketgan, qolganlarida soni kam uchraydi. Sharq bo‘g‘ma ilonining soni haqida esa aniq ma’lumotlar yo‘q.

Mazkur ilonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotganligi aniqlangan va olib qo‘yilib, Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlash uchun topshirilgandi. Endi esa Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining ilmiy xulosasi asosida «Surxon» davlat qo‘riqxonasining Kampirtepa, Sherjon va Sholkon hududlariga qo‘yib yuborildi.


Avvalroq Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi, Bosh prokuratura, viloyat IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd davomida fuqaro xonadonida noqonuniy ravishda ilonlar saqlanayotgani aniqlangan edi.
Mavzuga oid
12:41
Surxondaryoda bank mutaxassisi 2 000 dollar va 1,3 mln so‘m olgan paytida ushlandi
01:01 / 16.11.2025
Surxondaryodagi 38,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishi aniqlandi
20:18 / 08.11.2025
Surxondaryoda ishdan olingan maktab direktori o‘zini yoqmoqchi bo‘ldi
11:03 / 05.11.2025