Jahon | 11:46 / 18.07.2025
2482
2 daqiqa o‘qiladi

Kongress yordam va OAV uchun 9 mlrd dollarni qisqartirishni ma’qulladi

Gap chet el yordami va ommaviy axborot vositalari uchun milliardlab dollar haqida ketmoqda. Kongress bu mablag‘larni ilgari ma’qullagan edi - endi u moliyalashtirishni bekor qiluvchi qonun qabul qilmoqda.

Foto: J. Scott Applewhite/AP/dpa/picture alliance

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Kongressida navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Respublikachilar nazoratidagi Vakillar palatasi 18 iyul, juma kuni hukumatning chet el yordami va jamoat teleradiokompaniyalari uchun federal moliyalashtirish uchun tasdiqlangan xarajatlarini milliardlab dollarga qisqartiruvchi qonunni qabul qildi. Qisqartirishlar Tramp tashabbusi bilan boshlangan.

Vakillar palatasida 216 kongressmen qonunni yoqlab, 213 nafari qarshi ovoz berdi. Ushbu hujjat Senatda allaqachon qabul qilingan edi. Endi Tramp qonun loyihasini imzolashi kifoya.

Qonun 9 milliard dollarga yaqin qisqartirishni o‘z ichiga oladi, shu jumladan Jamoat teleradiokompaniyasi korporatsiyasi (CPB) uchun allaqachon va’da qilingan 1,1 milliard dollarga ham tegishli.

CPB davlat mablag‘larini National Public Radio (NPR) va Public Broadcasting Service (PBS) hamda ularning filiallariga tarqatish uchun javobgardir. CPB ma’lumotlariga ko‘ra, u Qo‘shma Shtatlardagi 1500 dan ortiq mahalliy jamoat teleradiostansiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid