Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada jurnalist Farida Qurbongaleyeva sirtdan 8 yilga qamaldi
Sobiq VGTRK boshlovchisi «Svoboda Rossii» legioni tarkibida Ukraina tomonida ko‘ngilli sifatida jang qilayotgan millatchi bilan suhbat uyushtirgani uchun sudlandi.
Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi jurnalist, VGTRK va "Nastoyashcheye vremya" telekanallarining sobiq boshlovchisi Farida Qurbongaleyevani harbiy «feyklar» (Jinoyat kodeksi 207.3-moddasi 2-qismi «d» bandi) va terrorizmni oqlash (205-moddasi 2-qismi) ishi bo‘yicha sirtdan 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Bu ish bo‘yicha ikkinchi ayblanuvchi millatchi Aleksey Baranovskiy bo‘lib, u «Svoboda Rossii» legioni tarkibida Ukraina tomonida ko‘ngilli sifatida jang qilmoqda. U sirtdan 6 yil qamoq jazosini oldi. Ish Qurbongaleyevaning Baranovskiy bilan 2024 yil may oyida chop etilgan intervyusi asosida ochilgan. Qurbongaleyevaga yana bir modda "Prajskiy grad" Telegram-kanalidagi bir nechta postlari tufayli qo‘shilgan, deb yozadi "Mediazona".
2007 yildan beri Qurbongaleyeva «Rossiya 1» telekanalida «Vesti» dasturining boshlovchisi bo‘lib ishlagan. 2014 yilda Rossiya Qrimni qo‘shib olib, Donbassda harbiy harakatlar boshlaganidan keyin jurnalist telekanalni tark etgan. 2018 yildan 2021 yilgacha Qurbongaleyeva «Nastoyashcheye vremya» telekanalida ishlagan, shundan so‘ng u o‘zining YouTube kanalini ochgan.
2024 yil iyun oyida Rossiya Adliya vazirligi Qurbongaleyevani «chet el agenti» deb e’lon qildi. Shuningdek, u «terrorchilar va ekstremistlar» reyestriga kiritilgan va xalqaro qidiruvga berilgan. 2025 yil may oyida Chexiya sudi Rossiya prokuraturasining uni Rossiyaga ekstraditsiya qilish haqidagi iltimosini rad etdi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025