Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy yuqori texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb qilish rejalashtirilyapti
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.
"Biz turli sohalarni qamrab olgan yetakchi Xitoy kompaniyalari — Chison Medical Technologies, China Resources Pharmaceutical Group, Norinco, Hangzhou Miuge Chemical Commodities Science and Technologies, Xiamen Tungsten, Shandong Gold, Contemporary Amperex Technology, Great Wall Motor, Origin Quantum, China Aerospace Science and Technolog bilan bir qator mazmunli va samarali uchrashuvlar o‘tkazdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.
Kun tartibida barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or ishlab chiqarish quvvatlari va yuqori texnologiyalarni O‘zbekistonga jalb etish, mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda mamlakatni mintaqaviy va global ta’minot zanjirlariga samarali integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
"Biz Xitoy kompaniyalarining Markaziy Osiyoning jadal sur’atlarda rivojlanayotgan bozoriga kirish borasidagi samimiy qiziqishlarini qadrlaymiz", deydi Baxtiyor Saidov.
Mavzuga oid
12:18
O‘zbekiston prezidenti Xitoy raisiga tabrik maktubi yo‘lladi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026