Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqdi - OAV
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqadi va bu haqda avgust oyi oxirigacha e’lon qiladi. Bu haqda Mainichi gazetasi ma’lum qildi.
Foto: Kyodo/via REUTERS
Mainichi gazetasining yozishicha, Shigeru Ishiba allaqachon o‘z atrofidagilarga iste’foga chiqishini ma’lum qilgan.
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba o‘zi raisi bo‘lgan hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragach, iste’foga chiqish niyatida va avgust oyi oxirigacha iste’foga chiqishi mumkin.
Ishiba uch sobiq hukumat rahbarlari — Yosixide Suga, Fumio Kishida va Taro Aso bilan uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda, buning o‘zi atipik hisoblanadi. Gazetaning hukumatdagi manbasiga ko‘ra, bosh vazir «uch nafar sobiq bosh vazir oldida bosh egadi».
20 iyul kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda LDPning hukmron bloki va Komeito partiyasi parlament yuqori palatasida ko‘pchilikni yo‘qotdi. Bu Ishiba uchun ketma-ket ikkinchi yirik saylov mag‘lubiyati – o‘tgan yilning kuzida hukmron koalitsiya parlamentning asosiy quyi palatasida ko‘pchilikni yo‘qotdi. Shundan so‘ng, mahalliy matbuotga ko‘ra, LDPdagi ko‘pchilik Ishiba iste’fosini talab qila boshlagan.
Yaponiya hukmron koalitsiyasi parlamentning yuqori palatasida ko‘pchilikni yo‘qotgan, biroq o‘sha paytda bosh vazir Shigeru Ishiba iste’foga chiqishni rejalashtirmaganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:40
Yaponiya hukmron partiyasi tarixiy g‘alabaga erishdi
22:40 / 08.02.2026
Yaponiya bosh vazirining hukmron bloki saylovda g‘alaba qozondi
12:03 / 02.02.2026
Yaponiya okean tubida nodir yer elementlarini aniqladi
21:06 / 26.01.2026