Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadan bir hafta ichida ikkinchi deportatsiya reysi uchib ketdi
Deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan 43 nafar iroqlik qochqin Leypsigdan Bag‘dodga olib ketildi. Ulardan ayrimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan. Avvalgi deportatsiya reysi 18 iyul kuni Germaniyadan Afg‘onistonga amalga oshirilgan edi.
Deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan 43 nafar iroqlik qochqin Leypsigdan Bag‘dodga olib kelindi. Buni operatsiyani nazorat qilgan Germaniya Ichki ishlar vazirligi va Tyuringiya federal yeri migratsiya vazirligi tasdiqladi. Flightradar ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Leypsigdan mahalliy vaqt bilan soat 10:52 da (Toshkent vaqti bilan 12:52) havoga ko‘tarilgan. U Iroq poytaxtiga to‘rt yarim soatdan keyin qo‘ndi.
Deportatsiya qilinganlarning barchasi erkaklar, ularning ba’zilari jinoyatlarda ayblangan, deya xabar beradi dpa agentligi. Ularni samolyotga politsiya mashinalarida olib kelishgan. Deportatsiya qilinganlarning 14 nafari avval Tyuringiyada yashagan, qolganlari yettita boshqa federal hududdan kelgan.
Bu Germaniyadan bir hafta ichida ikkinchi deportatsiya reysidir. 18 iyul kuni deportatsiya qilingan 81 nafar afg‘on bo‘lgan samolyot Leypsig/Halle aeroportidan Kobulga jo‘nab ketdi. Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindtning so‘zlariga ko‘ra, ular ham jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Afg‘onistonga parvozni tayyorlashda Germaniyaning «strategik hamkorlari» ishtirok etgan, deya qo‘shimcha qildi Dobrindt va ulardan biri sifatida Qatarni tilga oldi. Bild nashriga bergan intervyusida vazir deportatsiyalar bo‘yicha «ko‘proq bosim», shuningdek, «uchinchi davlatlar bilan ko‘proq bitimlar tuzish va kontrabanda mantig‘idan voz kechishni» istashini aytdi.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026