Jahon | 21:02 / 24.07.2025
4759
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

Bu hatto koronavirusga chalinmaganlarga ham tegishli ekan.

Foto: Getty images

Yangi ilmiy tadqiqotga ko‘ra, pandemiya davrida sog‘lom odamlarning miyasi tezroq qarigan. Bu odamning kovid bilan kasallangan yoki kasallanmaganiga bog‘liq emas edi.

Kovid pandemiyasi davrida qariyalar, erkaklar va notinch oilalar vakillarining tez qarishi ayniqsa sezilarli bo‘ldi. Shu bilan birga, kognitiv test natijalari shuni ko‘rsatdiki, aqliy faollik faqat koronavirus bilan kasallangan odamlarda pasaygan. Yangi tadqiqot natijalari Nature Communications jurnalida chop etildi.

Olimlar jamoasi o‘tkazilgan tadqiqot doirasida 15 334 nafar sog‘lom kattalarning miya skanerlarini tahlil qildi. Ishtirokchilarning o‘rtacha yoshi 63 yoshni tashkil etdi.

Mashinali o‘rganish modellari pandemiyani boshdan kechirgan odamlarning miyasi nazorat guruhidagi odamlarga (kovid epidemiyasidan oldin skanerdan o‘tgan) qaraganda o‘rtacha 5,5 oy tezroq qariganini bashorat qildi. Va bu odamlar emlangan yoki emlanmaganiga bog‘liq emas edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid