Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti An-24 samolyoti halokati yuzasidan rossiyalik hamkasbiga ta’ziya izhor qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Amur viloyatida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya maktubi yo‘lladi.
Davlat rahbari marhumlarning oilalariga chuqur hamdardlik izhor etdi.
Rossiyaning «Angara» aviakompaniyasiga tegishli An-24 samolyoti 24 iyul kuni Amur viloyatida halokatga uchradi. Uning qoldiqlari Tinda shahri yaqinida topildi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot sahnida 50 nafargacha odam bo‘lgan – ularning barchasi halok bo‘lgani aytilmoqda. Amur viloyatida 3 kunlik motam e’lon qilindi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026