Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr O‘zbekistonga oliy navli urug‘lik kartoshkani bepul yetkazib beradi
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatidagi "Agro Gold Premium" kompaniyasi rahbari Shavkat Sultonov va Misrning EFC Plans Tissue Culture S.A.E. kompaniyasi bosh direktori Lubna Salem o‘rtasida onlayn muzokaralar uyushtirildi.
Suhbat chog‘ida Misrdan sara urug‘lik kartoshka yetkazib berish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
O‘zbek tomoni dastlabki bosqichda kartoshka urug‘ini ekish uchun alohida himoyalangan yer maydonini tayyorlab qo‘yganini, keyingi bosqichda ekin maydonlari hajmi oshirilishini ma’lum qildi.
Misr vakillari O‘zbekistonga yetarli miqdorda kartoshka urug‘ini yetkazib berilishini tasdiqladi.
Muloqot yakunida Misr tomoni bilan joriy iyul oyi yakuniga qadar O‘zbekistonga bepul 500 ming dona G0 avlodiga mansub CARA navli urug‘lik kartoshkani yuborishiga kelishib olindi.
Ushbu kartoshka urug‘lari shu yilning o‘zida Qashqadaryoda ekilib, ko‘paytiriladi va o‘zbek dehqonlari orasida tarqatiladi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
22:30 / 16.04.2026