Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Barak Obamani davlatga xiyonatda aybladi
2016 yilgi saylovlar bo‘yicha Milliy razvedka bahosini sharhlar ekan, Tramp Barak Obama va boshqa demokratlarni xiyonatda aybladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning sobiq prezidenti Barak Obamani xiyonatda, shuningdek, 2020 yilgi saylovlarni soxtalashtirishda aybladi. Bu haqda Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytdi.
«Bu xiyonat edi. Saylovni o‘g‘irlashga urindi. Saylovni chalkashtirib yuborishga harakat qildi. Ular hatto boshqa mamlakatlarda ham hech kim tasavvur qila olmaydigan ishlarni qildi», — dedi Tramp. «Ularning rahbari» deb atagan Obamadan tashqari, u o‘sha paytdagi demokratik nomzod Hillari Klinton va undan oldingi prezident Jo Baydenni 2020 yilgi saylovlarni soxtalashtirishda aybladi.
«Ularning butun guruhi va ular saylovni soxtalashtirishga harakat qildi va ular fosh etildi. Va ular 2020 yilda saylovni soxtalashtirdi», dedi Tramp. CNN ta’kidlaganidek, AQShda davlatga xiyonat o‘lim bilan jazolanadi.
Tramp o‘z nutqida Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbardning o‘tgan hafta e’lon qilingan hisobotiga ishora qildi. Uning xulosasiga ko‘ra, Obama va uning yordamchilari Rossiyaning 2016 yilgi saylovlarga ta’sir o‘tkazishga urinishi bilan bog‘liq «razvedka ma’lumotlarini soxtalashtirgan va siyosiylashtirgan».
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026