Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda baluj terrorchilari sud binosiga hujum qildi
Oqibatda olti kishi, jumladan, bir bola halok bo‘ldi, yana 22 kishi yaralandi.
Foto: EPA
Eronning Seyiston – Balujiston viloyatida baluj terrorchilari sud binosiga qurolli hujum uyushtirdi. Bu haqda Reuters Eron davlat ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berdi.
Hujum oqibatida olti kishi, jumladan, bir bola halok bo‘ldi, yana 22 kishi yaralandi. Halok bo‘lganlarning uch nafari binoni qo‘riqlagan xavfsizlik kuchlari xodimlaridir.
Uch nafar terrorchi o‘ldirildi.
Hujum uchun javobgarlikni «Jaysh al-Adl» guruhi o‘z zimmasiga olgan. Hujum maqsadi o‘lim hukmini chiqargan va balujlarning uyini buzib tashlash to‘g‘risida buyruq bergan sudyalar bo‘lgan.
Balujlar - Eron va Pokiston chegarasida yashovchi, o‘z davlati va milliy muxtoriyatiga ega bo‘lmagan xalq. «Jaysh al-Adl» o‘nlab yillar davomida mustaqil Balujiston davlatini yaratish uchun qurolli kurash olib borayotgan ko‘plab qurolli guruhlardan biridir.
Mavzuga oid
01:21
Urush. Arablar nega jim?
22:56 / 03.03.2026
Tramp Eronning yangi rahbariyatiga zarba berilganini aytdi
21:52 / 03.03.2026
Eronni qo‘rquvda ushlab turgan kema – “Avraam Linkoln” aviatashuvchisi haqida
20:57 / 03.03.2026