Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollari birinchi forumi o‘tkaziladi
O‘zbekiston bosh konsuli Sirojiddin Shamsuddinov Jidda Savdo-sanoat palatasi bosh kotibi Ramiz Mansur al-G‘olib bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatini Saudiyada keng targ‘ib qilish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ikki mamlakat tadbirkor ayollari o‘rtasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Bosh konsul O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmon ayollarga sharoitlar yaratish, shuningdek, xorijiy davlatlar, xususan, Saudiya Arabistoni investitsiyalari ishtirokida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, mamlakatimizning iqtisodiy va turistik salohiyati hamda Build Pro Expo 2025 xalqaro ko‘rgazmasi to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Bosh kotib Ramiz Mansur al-G‘olib Acwa Power, DataVolt va Vision kabi Saudiya kompaniyalari tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qator investitsion loyihalarni yuqori baholab, mazkur holat Saudiyaning boshqa yirik kompaniyalari va tadbirkorlarini mamlakatga sarmoya kiritishga undayotganini ta’kidladi.
Uchrashuvda ikki mamlakat yirik ishbilarmon ayollarning ilk uchrashuvini tashkil etish taklifi qo‘llab-quvvatlandi. Saudiya vakili O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollari birinchi forumini Jidda shahri qabul qilishga tayyorligini tasdiqladi.
Forum doirasida Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi va Welcom to Uzbekistan shiori ostida turistik va hunarmandlar yarmarkasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026