Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yerlarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan
Mamlakatning umumiy yer maydoni 44,9 million gektarni tashkil etadi. Bu haqda Kadastr agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston yerlarining eng katta qismi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan. Ya’ni, 26,2 million gektar maydonlardan mazkur soha vakillari foydalanadi.
Respublika yer fondi tarkibida 11 million gektar yerlar o‘rmonlarga tegishli. Tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlar ulushi ham nisbatan yuqori — 4,2 million gektar.
Mamlakat yerlarining 1,3 million gektari zaxira, 1 million gektari suv fondiga qarashli. Shu bilan birga, sanoat, transport, aloqa va mudofaa yerlari 798,8 ming gektar, aholi punktlari yerlari 221,5 ming gektarni tashkil etadi. Tarixiy-madaniy ahamiyatga ega yerlar maydoni esa 32,3 ming gektarga teng.
Mavzuga oid
08:20 / 26.11.2025
Toshkent viloyatida 8,5 gektar yer uchun 7,3 mln dollar talab qilganlar qo‘lga olindi
07:31 / 26.11.2025
Yashil tiklanish yetakchilari: 10 yilda o‘rmon maydonini eng ko‘p oshirgan davlatlar
07:45 / 25.11.2025
Dunyoda eng unumdor yerlar qayerda? Yangi xarita e’lon qilindi
10:19 / 24.11.2025