Jahon | 21:36 / 27.07.2025
7943
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In Amerikaga qarshi urushda g‘alaba qozonishni va’da qildi

Avvalroq Janubiy Koreya hukumati Seulda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitiga Kim Chen Inni ham taklif qilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Foto: KCNA via REUTERS

KXDR yetakchisi Kim Chen In uning mamlakati “antiimperialistik, antiamerika” urushida g‘alabaga qozonishini va’da qildi. Bu haqda Shimoliy Koreya davlat axborot agentligiga tayanib Reuters xabar berdi. 

“Davlatimiz va xalqimiz, shubhasiz, buyuk maqsadga erishmoqda: kuchli armiyaga ega boy mamlakat qurmoqda va antiimperialistik, antiamerika kurashida munosib g‘oliblarga aylanadi”, — dedi u Koreya urushida sulh tuzilganligining 72 yilligi tantanalarida so‘zlagan nutqida. 

Avvalroq Janubiy Koreya hukumati Seulda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitiga Kim Chen Inni ham taklif qilishi mumkinligi xabar qilingandi. Rasmiylarning bildirishicha, bu g‘oya hozircha rasman muhokama qilinmagan, ammo tashkilotga a’zo bo‘lmagan mamlakatni taklif qilish mezbon davlatning ixtiyorida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid