Jahon | 20:30 / 27.07.2025
3434
1 daqiqa o‘qiladi

Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi

Emmanuel Makronning ta’kidlashicha, Rossiya oxir-oqibat o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi kerak.

Foto: Panoramic / Globallookpress.com

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.  

“Biz Ukrainaga yordamni ko‘paytirishda davom etamiz va Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytiramiz. Rossiya oxir-oqibat o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi kerak, bu Yevropa davlatlari vositachiligida mustahkam va uzoq muddatli tinchlik muzokaralariga yo‘l ochadi», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida. 

Makronning fikricha, qurolli nizoga qaramasdan, Ukraina demokratiya izchil rivojlanayotgan mamlakat bo‘lib qolmoqda, bu esa uni Yevropaga yanada yaqinlashtiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid