Jahon | 23:46 / 28.07.2025
5539
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi

Mamlakat tug‘ilishning kamayib borayotgani tufayli jiddiy choralarni ko‘rishga majbur bo‘lmoqda.

Foto: Reuters

Xitoy oilalarga uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun yiliga 3600 yuan (taxminan 500 dollar) to‘laydi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu Xitoyda bolalar uchun beriladigan birinchi umummilliy nafaqa bo‘lib, uning joriy etilishi «oilalarni qo‘llab-quvvatlash va bolalar tug‘ilishini rag‘batlantirishga» qaratilgan. Bunday nafaqani har yili 20 millionga yaqin oila olishi kutilmoqda.

Xitoy hukumati tug‘ilishni rag‘batlantirishga birinchi marta urinmayapti. Mamlakatda 1970-yillarda tug‘ilishni kamaytirish maqsadida joriy etilgan «bir oila - bir bola» siyosati 2015 yilgacha davom etdi. Shundan so‘ng Xitoy hukumati, aksincha, tug‘ilishni rag‘batlantirishni boshladi.

An’anaviy moddiy rag‘batlantirishdan tashqari, Xitoy hukumati mafkuraviy kampaniyalarni ham qo‘llamoqda: «uylanish va farzand ko‘rishga ijobiy qarashga» bag‘ishlangan partiya yig‘ilishlarini o‘tkazmoqda yoki yolg‘iz odamlarni turmush qurishga, oilalarni esa ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirmoqda. Shunga qaramay, 2024 yil yakunlariga ko‘ra, Xitoyda tug‘ilgan bolalar soni ketma-ket uchinchi yil kamayib bormoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid