Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Germaniya 2029 yilgacha harbiy budjetini ikki baravar oshirmoqchi
2029 yilga borib Germaniyaning harbiy budjeti 162 milliard yevroni tashkil qilishi mumkin, deb yozadi Bloomberg. Ulardan to‘qqiz milliardi Ukrainaga yordam berish uchun ketishi kerak.
Foto: Michael Bihlmayer/CHROMORANGE/picture alliance
Germaniya 2029 yilgacha harbiy budjetini deyarli ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Bloomberg 28 iyul, dushanba kuni hukumatning yuqori martabali mulozimiga tayanib. Jurnalistlarga ko‘ra, Berlin 2029 yilda harbiy xarajatlar uchun 162 milliard yevro ajratishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Berlin Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 9 milliard yevro ajratadi.
Avval xabar qilinganidek, Germaniya hukumati mudofaa xarajatlarini 2025 yildagi 62,4 milliard yevrodan (Bundesver maxsus jamg‘armasidan tashqari) 2029 yilda 152,8 milliard yevroga bosqichma-bosqich oshirish niyatida edi. Bu ko‘rsatkichlarning oshishi qarz tormozi olib tashlanganidan keyin va Germaniya hukumatining yangi asosiy qonuniga tegishli o‘zgartirish kiritilganidan keyin mumkin bo‘ldi. Bloomberg qayd etishicha, bunday rejalar NATO davlatlarining 2035 yilga borib harbiy xarajatlarni YaIMning 3,5 foizigacha oshirish maqsadidan oldinda.
NATO davlatlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida va AQSh prezidenti Donald Tramp bosimi ostida mudofaa xarajatlari va tegishli infratuzilmani 2035 yilga borib YaIMning besh foizigacha oshirish majburiyatini oldi. Bu haqda 2025 yil iyun oxirida Haagada bo‘lib o‘tgan ittifoq sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma bayonotda aytiladi.
Bu majburiyatlar evaziga ittifoqchilar Trampdan AQShning NATO shartnomasi 5-moddasi bo‘yicha majburiyatlarini hurmat qilishda davom etishini kutyapti, bu esa alyansning bir a’zosiga hujum qilinsa, qolganlari unga yordam berishini talab qiladi.
Mavzuga oid
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
10:13 / 08.04.2026