Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers: AQSh va YeI kelishuvining oqibatlari Germaniyaga ta’sir qiladi
Germaniya kansleri Fridrix Mers Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasidagi savdo kelishuvi munosabati bilan Germaniya iqtisodiyoti uchun jiddiy salbiy oqibatlar haqida ogohlantirdi.
Germaniya kansleri Fridrix Mers Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasidagi savdo kelishuvi munosabati bilan Germaniya iqtisodiyoti uchun jiddiy salbiy oqibatlar bo‘lishidan ogohlantirdi, u Yevropa Ittifoqidan keladigan tovarlarga 15 foizlik bojlar joriy etishni nazarda tutadi. Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari 28 iyul, dushanba kuni Berlinda tegishli bayonot bilan chiqdi.
«Ushbu tariflarning joriy etilishi natijasida Germaniya iqtisodiyoti katta zarar ko‘radi», deb ta’kidladi Mers.
Buning oqibatlari nafaqat Germaniya va Yevropaga ta’sir qiladi. Bu nafaqat inflatsiya darajasining o‘sishidan, balki tariflar «butun transatlantik savdoga ta’sir qilishidan» qo‘rqish kerak, deya ogohlantirdi Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari. Uning fikricha, bojlar AQShning o‘zida inflatsiyani yanada tezlashtiradi.
Mersning so‘zlariga ko‘ra, u 27 iyul kuni Shotlandiyada erishilgan natijadan qoniqmayapti, deb xabar berdi Reuters. Biroq, Bryusselning muzokaralardagi qiyin boshlang‘ich pozitsiyasi hisobga olinsa, ko‘proq narsaga erishib bo‘lmasligi aniq, deya qo‘shimcha qildi kansler.
«Biz bu natijadan qoniqish hosil qila olmaymiz, biroq bu vaziyatda erishilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi natija bo‘ldi», — deya siyosatchining so‘zlarini keltiradi AFP.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026