O‘zbekiston | 07:44 / 30.07.2025
3069
3 daqiqa o‘qiladi

Ayrim geografik obektlar nomi davlat tili qoidalariga muvofiqlashtiriladi

"Ekologiya vazirligi tasarrufida bo‘lgan yer maydonlarida joylashgan ayrim geografik obektlarning nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish hamda yangi nom berish to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.

«Davlat tili haqida»gi va «Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida»gi qonunlar talablari asosida davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilgan hamda yangi nom berilgan 121 ta geografik obekt nomlarini o‘z ichiga olgan:

  • davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilgan tog‘ tizmalari, tog‘ va cho‘qqilar nomlari ro‘yxati;
  • yangi nom berilayotgan tog‘ tizmalari, tog‘ va cho‘qqilar nomlari ro‘yxati tasdiqlanadi.

Belgilab qo‘yilishicha, normativ-huquqiy hujjatlarda mazkur tasdiqlangan nomlardan foydalaniladi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Kadastr agentligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Sport vazirligi, Fanlar akademiyasi, «O‘zarxiv» agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

  • tog‘ tizmalari, tog‘ va cho‘qqilar nomlarining davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilishi hamda yangi nom berilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar hamda ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi;
  • tegishli vazirliklar va idoralarning malakali xodimlari hamda geologiya, geografiya, filologiya, tarix sohasining olimlari va mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish, mavjud xarita va ma’lumotlar asosida Ekologiya vazirligi tasarrufida bo‘lgan yer maydonlarida joylashgan tog‘ tizmalari va ulardagi tabiiy obektlar, jumladan, tog‘lar, cho‘qqilar, daralar, dovonlar, g‘orlar, ko‘llar, soylar, buloqlar va sharsharalarning nomlari ro‘yxatini shakllantiradi;
  • tog‘ tizmalari, tog‘ va cho‘qqilar nomlarining davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtiruvchi idoralararo respublika ishchi guruhi tashkil etiladi;
  • ishchi guruhni hududlarga yuborgan holda Ekologiya vazirligi tasarrufida bo‘lgan yer maydonlarida joylashgan tog‘ tizmalari va ulardagi tabiiy obektlar, jumladan, ekoturizm obektlari bo‘lgan tog‘lar, cho‘qqilar, daralar, dovonlar, g‘orlar, ko‘llar, soylar, buloqlar va sharsharalaring nomlari va ularning izohi, joylashuvi va ma’lumotlarini jamlagan holda xatlovdan o‘tkazadi;
  • bosqichma-bosqich tog‘ tizmalari va ulardagi tabiiy obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalarini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida «Davlat tili haqida»gi va «Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida»gi qonunlarida belgilangan talablardan kelib chiqib o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda kiritadi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid