Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Shri-Lanka bilan birga choy mahsulotlari ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekistonning Shri-Lankadagi elchisi (qarorgohi Islomobod shahrida joylashgan) Alisher To‘xtayev ushbu mamlakatning ESNA Ceylon Teas kompaniyasi prezidenti Savinda Jayyanetti bilan muzokara o‘tkazdi.
Foto: dunyo.info
Uchrashuv davomida ESNA brendi ostidagi choy mahsulotlarini O‘zbekistonda qadoqlash va tarqatish, Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bozorlariga yo‘naltirilgan eksport-logistika platformasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Kompaniya rahbari Savinda Jayyanetti mazkur loyiha bo‘yicha dastlabki ishlarni boshlash, jumladan, O‘zbekiston choy bozorini tahlil qilish, iste’molchi profili va logistika imkoniyatlarini o‘rganishga tayyorligini bildirdi.
Hamkorlikning asosiy konsepsiyasi sifatida quruq tseylon choyini O‘zbekistonga yetkazib berish, erkin iqtisodiy zona hududida qadoqlash, mahalliy ta’mlarga moslashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish va mintaqaviy bozorlarga eksport qilish taklif etildi.
Choy qadoqlashdan tashqari, kelgusida maxsus choy butiklarini tashkil etish, "choy madaniyati"ni turizmning alohida tarmog‘i sifatida rivojlantirish va Uzbekistan+Sri Lanka brendi ostida mahsulot ishlab chiqarish borasidagi takliflar yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi
Uchrashuv yakunida loyihani amalga oshirishning tashkiliy jihatlari, jumladan kompaniya prezidentining mamlakatga safarini tashkil etish, loyiha taqdimotini o‘tkazish, o‘zbek sheriklar bilan muzokaralar olib borish va taklif etilayotgan binolarni o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
19:20 / 30.11.2025
Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 440 dan oshiq kishi halok bo‘ldi
23:34 / 03.10.2025
Tadqiqotchilar jigar saratonidan himoya qiladigan ichimlikni ma’lum qilishdi
09:12 / 23.08.2025
Shri-Lanka sobiq prezidenti Londonga shaxsiy safari uchun hibsga olindi
12:06 / 29.07.2025