Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning xorijdagi elchilariga qo‘shimcha vazifa yuklatildi
Prezident xorijdagi elchixona va bosh konsulxonalarni eksportni ko‘paytirishga faolroq ko‘maklashishga chaqirdi.
Bu yilgi meva-sabzavot eksportining 80 foizi 5 ta davlatga – Rossiya, Pokiston, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Xitoyga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilga nisbatan Janubiy Koreya, Vengriya, Malayziya, Polsha, Qozog‘istonga kamaygan.
Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Yaponiya, Hindiston, Qatarga eksport kutilganidek bo‘lmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Elchixonalardagi savdo maslahatchilarining bu boradagi faoliyati sust ekani qayd etildi.
Elchilarga eksportchi korxonalar bilan birga ishlab, ularga bozor topish, ko‘rgazmalar tashkil qilish, savdo uyi va ombor tashkil qilish, mahsulotiga sertifikat olish kabi masalalarda ko‘maklashish topshirildi.
Mavzuga oid
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
18:07 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Suriyaga mahsulotlar eksporti boshlanadi
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
16:36 / 29.05.2026