Bu yilgi meva-sabzavot eksportining 80 foizi 5 ta davlatga – Rossiya, Pokiston, Qozoğiston, Afğoniston va Xitoyga töğri keladi. Ötgan yilga nisbatan Janubiy Koreya, Vengriya, Malayziya, Polşa, Qozoğistonga kamaygan.
Buyuk Britaniya, Italiya, Şvetsiya, Yaponiya, Hindiston, Qatarga eksport kutilganidek bölmayotgani körsatib ötildi.
Elçixonalardagi savdo maslahatçilarining bu boradagi faoliyati sust ekani qayd etildi.
Elçilarga eksportçi korxonalar bilan birga işlab, ularga bozor topiş, körgazmalar taşkil qiliş, savdo uyi va ombor taşkil qiliş, mahsulotiga sertifikat oliş kabi masalalarda kömaklaşiş topşirildi.

















