Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashkent City Mall'da JW Marriott mehmonxonasi ochiladi
Marriott International mehmonxonalar tarmog‘i O‘zbekistonda JW Marriott brendi ostida otel ochadi. Kompaniya 28 iyul kuni mahalliy Alliance Holding bilan bu haqda shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Premium toifadagi mehmonxona Tashkent City Mall'da joylashadi va 2025 yil oxirigacha faoliyat boshlaydi. Bu haqda Kun.uz'ga taqdim etilgan press-relizda so‘z boradi.
Qayd etilishicha, otel mijozlarga 287 ta hashamatli xona, turli-tuman restoranlar, velnes-markaz, Spa, biznes-launj zona va zamonaviy konferens-zal xizmatlarini taklif etadi.
Marriott International'ning O‘zbekistondagi loyihalari portfelida bungacha Courtyard by Marriott Tashkent mehmonxonasi bor edi.
“JW Marriott Hotel Tashkent'ning ochilishi – Markaziy Osiyo mehmonxona bozorining lyuks segmentida jiddiy o‘sish potensiali borligidan dalolat beradi. Toshkent turistlar va biznes-sayyohlar orasida ancha ommalashib boryapti. Biz JW Marriott brendining mukammal servisi, estetikasi va uyg‘unlashgan hordiq konsepsiyasi bilan O‘zbekistonga kirib kelish orqali bu tendensiyani qo‘llab-quvvatlayotganimizdan faxrlanamiz”, – dedi Marriott International'ning Markaziy va Sharqiy Osiyo bo‘yicha katta vitse-prezidenti Ivitsa Chachich.
Marriott International – AQShning Merilend shtatidagi Betesda shahrida asoslangan yirik holding. Uning portfeli – 144 ta mamlakat va hududda joylashgan 30 dan ortiq brendlarga mansub 9500 dan ziyod ko‘chmas mulklardan iborat.
“Alliance Holding” MChJ – 2018 yil 5 mart kuni Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan. Davlat reyestrida ko‘rsatilgan faoliyat turi – “boshqa maishiy tovarlar ulgurji savdosi”. Ustav fondi – 30 mln so‘m. Yagona ta’sischisi va rahbari sifatida Shukurov Alishev Abduvohidovich qayd etilgan.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026