Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda sifati kafolatlanmagan dorilarni sotuvga qo‘ygan dorixona aniqlandi
Mirobod tumanida 264,2 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotuvga qo‘ygan dorixona fosh etildi.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, T.Ph. MChJga qarashli dorixona sotuvchisi fuqaroga kirim hujjati bo‘lmagan “Aktovegin” nomli dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan realizatsiya qilish maqsadida saqlab kelingan umumiy bahosi 264,2 mln so‘mlik 397 turdagi sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:58 / 24.10.2025
Dorixonada «Sirli mijoz» tadbirini o‘tkazish tartibi belgilandi
18:51 / 18.10.2025
Dorixonalarning GPP sertifikati muammosi yuzasidan Farmagentlikka senator so‘rovi yuborildi
18:47 / 15.10.2025
Adliya vazirligi dorixonalarga majburiy to‘lov haqidagi hujjatni bekor qilishni talab qildi
13:51 / 09.10.2025