Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkabog‘da haydovchilar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi
Kun.uz'dagi ma’lumotga ko‘ra, Damas haydovchilari va ko‘p o‘rinli xorijiy avtoulov egalari marshrut talashib, janjallashib qolgan. Janjal bora-bora mushtlashuvga aylangan, mashinalarni bir-biriga to‘qnashtirishgacha borishgan.
Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida ikki tomonga bo‘lingan haydovchilar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi. Kun.uz'ning aniqlashicha, 30 iyul kuni ro‘y bergan janjalga qatnov yo‘nalishi uchun raqobat sabab bo‘lgan.
Mushtlashuv ikki guruh –Damas'da qatnaydigan haydovchilar va yangi yo‘nalishni egallashga urinayotgan, ko‘p o‘rinli xorijiy avtoulov egalari o‘rtasidagi tortishuvdan kelib chiqqan.
Tahririyatga kelib tushgan videolavhada ko‘chada erkaklar yoqalashayotgani, transpot vositalarining ba’zilari bir-birini urib o‘tishga uringani ko‘rinadi.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulovaning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, holat nazoratga olingan va ayni paytda tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jabrlanuvchilar yoki ushlanganlar haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.
Mavzuga oid
13:00 / 02.05.2026
Jarima balli 12 ballga yetgan birinchi haydovchi ma’lum bo‘ldi
09:00 / 26.04.2026
Energotariflar bo‘yicha mavhumlik va budjeti kesilgan futbol - hafta dayjesti
20:14 / 18.04.2026
Yoqilg‘i xarajatiga 3 foizgacha komissiya minyapti. Farg‘onadan reportaj
19:00 / 16.04.2026