Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Ko‘zingiz tushgan bo‘lsa kerak, Putin do‘sti Aleksandr Lukashenko bilan birga Kareliya orolidagi cherkovga borib u yerdagi poplar bilan qanaqadir diniy amallarni bajardi. O‘sha paytdayoq Rossiya prezidenti jiddiy biror chiqish qilishi aniq edi. Chunki Putin odatda nimanidir e’lon qilish oldidan Lukashenko bilan ko‘rishadi va ba’zan cherkovga borgani ko‘rsatiladi. Bu gal ikkala ritual ham bir vaqtda bajarildi.
Xullas, Lukashenko bilan uchrashuv vaqtida Putin ilk marta Trampning o‘n kunlik ultimatumiga javob berdi: «Bu borada eng avvalo shuni aytmoqchimanki, «Oreshnik» raketasini seriyali ishlab chiqarish boshlanib, qurolli kuchlarga berildi».
Tramp «Putin menga javob bermayapti», deb arazlab yurgandi, marhamat, mister Tramp, Putin juda kuchli javob berdi: «menga ultimatum qo‘yasanmi? Marhamat, men «Oreshnik» degan raketani seriyali ishlab chiqarishni boshladim, bilganingni qil», dedi. Xo‘sh, endi kuchingizni ko‘rsating-chi, janob Tramp, Putin sizga chinakamiga «vizov tashladi». Sizning qanday ta’sir qilishini o‘zingiz ham bilmaydigan g‘alati ikkilamchi sanksiyalaringiz Rossiyani qo‘rqitmadi.
Rossiya prezidenti uchrashuv davomida Istanbuldagi muzokaralarni ijobiy baholadi. Rossiyalik harbiylar ichida birorta atay berilgan qurbon yo‘qligini aytdi. Putinga ko‘ra, Ukrainaning Chasiv Yar shahri bir necha kun oldin egallab bo‘lingan ekan. Shuningdek, Putin negadir Ukrainada korrupsiya kuchli ekani haqida gapirdi.
Bu bayonotlar nega Lukashenko ishtirokida aytildi, deb o‘ylayotganlar uchun buning sababini tushuntiraman. Putin Batkaning oldida o‘zini erkin his qiladi. So‘zamol Lukashenko Putinning so‘zlarini to‘ldirib turadi. Masalan, ikki prezident jurnalistlar savollariga chiroyli mebel ko‘rinishiga keltirilgan to‘nka ustida turib javob berisharkan Lukashenko Ukrainani «yugurib kelib Putin bilan kelishishga» chaqirdi. «Aks holda bir, bir yarim oyda ruslar hammasini egallab oladi», dedi Lukashenko. Putinga egallab oladi degan gap yoqmadi, «Qaytaramiz, bular bizning yerlar», dedi.
Ya’ni, bir necha yil avval Ukraina hududiy yaxlitligini, xususan, Qrim Ukrainaniki ekanini rasman tan olgan Putinning aytishicha, hozirgi Ukraina yerlari aslida ruslarniki ekan va ularga nisbatan «egallab oldi» degan so‘zni ishlatish hatto Batkaga ham mumkin emaskan. Putin Ukraina yerlari qaysi hujjatga ko‘ra Rossiyaniki ekanini aytmadi.
Ana shunaqa gaplar, azizlar. Putinning chiqishidagi eng muhim gaplar shular bo‘ldi. Endi juda qiziq davr boshlanmoqda. Tramp muddatni qisqartirib katta ketgandi, Putin unga juda kuchli javob berdi. To‘g‘risini aytish kerak, uning Kareliya orolida Lukashenko bilan duetda tayyorlagan javobi chindan muvaffaqiyatli chiqdi. Ko‘ramiz, endi Tramp qanday javob berarkin. Aytgancha, muddat tugashiga yetti kun qoldi...
O‘tkir Jalolxonov tayyorladi
Tasvirchi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
08:29 / 18.06.2026