Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tibbiyot universiteti talabasi samolyotda inson hayotini saqlab qoldi
Toshkent davlat tibbiyot universitetining hindistonlik talabasi samolyotda parvoz vaqtida inson hayotini saqlab qoldi.
2025 yil 29 iyul kuni Toshkent-Dehli yo‘nalishidagi aviareysida parvoz vaqtida tobi qochgan yo‘lovchiga Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro fakultetida tahsil olayotgan hindistonlik talaba Muhammad Anis birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qoldi.
«Toshkentdan Dehliga uchayotganda samolyotda «Agar bortda shifokor yoki tibbiyot xodimi bo‘lsa, iltimos, ekipajga xabar bering» degan e’lon berildi. Shu payt men: «Ha, men shifokorman, yordam bera olaman», dedim. Bemor 48 yoshli ayol edi, u juda bezovta edi, qattiq xavotirga tushgan. Men bemorning hayotiy ko‘rsatkichlarini tekshirishganimda yurak urishi tezlashgani, ya’ni taxikardiya xuruji kechayotganini aniqladim. Darhol bemorga karotid massajini qilishga kirishdim va taxminan 10-15 soniyadan so‘ng u o‘zini yaxshiroq his qila boshladi», — deydi universitet talabasi.
Samolyot Dehliga qo‘ngach bemor shifokorlarga topshirildi.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026