Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston janubida 40 gektar maydonda yuz bergan yong‘in o‘chirildi
Yong‘in Olmaota oblastidagi Do‘lan qishlog‘i yaqinida, tog‘li hududda qurigan o‘t-o‘lanlar va butalarning yonib ketishi oqibatida vujudga kelgan.
Foto: Almaty.tv
Qozog‘iston janubida Olmaota oblasti tog‘larida sodir bo‘lgan yirik tabiat yong‘ini bartaraf etildi, deb xabar berdi mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Xabarda aytilishicha, yong‘inni o‘chirishga 100dan ortiq qutqaruvchilar va vertolyot jalb etilgan.
"Yong‘in bartaraf etildi. Yong‘inning umumiy maydoni 40 gektarni tashkil etdi. "Kazaviaspas" vertolyoti yordamida 24 tonna suv sepildi. Jabrlanganlar yo‘q", - deyiladi vazirlik Telegram-kanalidagi xabarda.
Yong‘in Olmaota oblastidagi Do‘lan qishlog‘i yaqinida, tog‘li hududda qurigan o‘t-o‘lanlar va butalarning yonib ketishi oqibatida yuz bergan. Yong‘inni o‘chirish uchun 100dan ortiq qutqaruvchilar, 20ta texnika va vertolyot jalb etilgan.
Mavzuga oid
09:36 / 14.02.2026
Qozog‘istonlik sportchi Olimpiada-2026da oltin medalni qo‘lga kiritdi
17:07 / 12.02.2026
Qozog‘istonda Konstitutsiyani yangilashmoqchi. Bu To‘qayevning hokimiyatini mustahkamlashi mumkin
18:44 / 11.02.2026
Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum sanasi belgilandi
10:44 / 11.02.2026