Jahon | 21:14 / 03.08.2025
2550
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi

Alparslan Bayraktarning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya energetika va tabiat resurslari vazirligi Suriyada elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha kompleks rejalar ishlab chiqmoqda. 

Foto: AP

Turkiya energetika va tabiat resurslari vaziri Alparslan Bayraktar Suriyaga Turkiya orqali Ozarboyjon tabiiy gazini yetkazib berish boshlanganini ma’lum qildi.

“Bugun biz energetika sohasida Turkiya va Suriya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning muhim ramzi – Turkiya-Suriya gaz o‘tkazgichini rasman ochmoqdamiz”, — dedi u Turkiyaning Kilis viloyati orqali Suriyaga Ozarboyjon tabiiy gazini yetkazib berish boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda. 

Bayraktar loyiha hamkorlari Suriya, Ozarboyjon va Qatarga minnatdorlik bildirdi.  

Vazir Turkiya prezidenti Rajab Tayip Erdo‘g‘an Suriyadagi hayotni tezroq me’yoriga qaytarish uchun shoshilinch choralar ko‘rish topshirig‘ini berganini eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu munosabat bilan vazirlik aholining muhim ehtiyojlaridan biri bo‘lgan elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha kompleks rejalar ishlab chiqmoqda. 

Uning qayd etishicha, Suriyaga sutkasiga 6 mln kub metrgacha gaz yetkazib beriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid