Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda – fotosuratlar
Lyuksemburg hududiga teng keladigan yer maydoni yong‘inlardan zarar ko‘rgan.
Yevropada anomal darajadagi yuqori harorat va qurg‘oqchilik tufayli bir necha haftadan buyon kuchli o‘rmon yong‘inlari bo‘lib o‘tmoqda. Qit’a janubidagi Gretsiya, Kipr, Ispaniya va Portugaliya kabi mamlakatlar tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rmoqda. O‘rmon yong‘inlari to‘g‘risidagi Yevropa axborot tizimi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil iyul oyi oxiriga kelib yong‘inlardan zararlangan jami yer maydoni 292 ming gektardan oshgan. Taqqoslash uchun: bu butun Lyuksemburg hududidan kattaroq. O‘tgan yilning shu davriga kelib o‘rmon yong‘inlaridan jabrlangan hududlar hajmi 140 ming gektarni tashkil etgandi. Ayrim hududlarda kuchli shamol olov tarqalishini osonlashtirib, vaziyatni murakkablashtirmoqda. Natijada qutqaruvchilar bunday hududlarda yong‘in o‘choqlarini bartaraf etishning uddasidan chiqolmayapti.
Dimitris Mantzouranis / NurPhoto / Getty Images
Costas Baltas / Anadolu / Getty Images
Petros Karadjias / AP / Scanpix / LETA
Estela Silva / EPA / Scanpix / LETA
Florion Goga / Reuters / Scanpix / LETA
Yannis Kolesidis / EPA / Scanpix / LETA
Adrian Irago / Europa Press / Getty Images
Brais Lorenzo / EPA / Scanpix / LETA
Nikolay Doychinov / AFP / Scanpix / LETA
Matthieu Rondel / AFP / Scanpix / LETA