Ta’lim | 09:59 / 04.08.2025
1370
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Xitoy OTM o‘rtasida akademik almashinuv dasturlari kengayadi

Mamlakat Bosh konsulxonasi xodimlari Guanchjou shahridagi Gonkong fan va texnologiyalar universitetining (The Hong Kong University of Science and Technology, Guangzhou xalqaro aloqalar departamenti rahbari Jin Fu bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada jadallashtirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va boshqalar muhokama qilindi.

Xitoy tomoni O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning amaliy natijalari bilan tanishtirildi.

Jin Fu ikki mamlakat o‘rtasida sheriklik barcha jabhalarda barqaror rivojlanib borayotganini qayd etish barobarida, ilm-fan va ta’lim sohasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan akademik aloqalarni o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar joriy yil sentabr oyida mazkur universitet prezidenti Lio Ni boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga safarini amalga oshirishga kelishib oldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid