Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada jinoyatchi migrantlarning qarindoshlarini jazolash taklif qilindi
Og‘ir jinoyat sodir etgani uchun sudlangan migrantlarning qarindoshlari deportatsiya qilinishi mumkin.
Og‘ir jinoyat sodir etgani uchun sudlangan migrantlarning qarindoshlarini Rossiyadan chiqarib yuborish kerak, tegishli qonun loyihasi allaqachon Davlat Dumasiga kiritilgan. Bu haqda «Spravedlivaya Rossiya — Za pravdu» partiyasi raisi Sergey Mironov ma’lum qildi, deb yozdi 360.ru.
Hujjatda, uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hududida yoki uning tashqarisida og‘ir jinoyat sodir etgan xorijliklarning Rossiyaga kirishi taqiqlanishi ko‘zda tutilgan. Bu sudlanganlikning olib tashlanishi va bekor qilinishidan qat’i nazar sodir bo‘ladi, deb qo‘shimcha qildi Mironov va tashabbus huquqbuzarliklar sonini kamaytirishga yordam beradi, degan fikrni bildirdi.
«Afsuski, O‘rta Osiyo mamlakatlaridan kelganlarning jinoiy o‘tmishi bizning huquq-tartibot idoralari uchun yetti muhr ortidagi sir bo‘lib qolmoqda. Hech kim migrantlar Rossiyaga kelishidan oldin o‘z vatanida nima bilan shug‘ullanganini yoki o‘ziga qanday dog‘ tushirganini aniq bilmaydi», dedi parlament a’zosi.
Mironov, shuningdek, oilaviy klanlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni taklif qildi. Biroq u tegishli qonun loyihasi parlament quyi palatasi muhokamasiga kiritilgan-kiritilmaganiga aniqlik kiritmadi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
10:25 / 12.06.2026
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026