Jahon | 20:33 / 04.08.2025
4836
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiya neftini sotib olayotgan Hindistonni jazolashga va’da berdi

Oq uy rahbari hind tovarlariga yangi bojlar solinishini ma’lum qildi.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston Rossiya neftini sotib olishda va uni foyda bilan qayta sotishda davom etayotgani sababli hind tovarlariga tariflarni sezilarli darajada oshirish niyatida ekanini ma’lum qildi. U Hindistonni Ukrainadagi urush qurbonlariga e’tibor bermayotganlikda aybladi.

«Hindiston nafaqat katta hajmda Rossiya neftini sotib olmoqda, balki keyin uning katta qismini ochiq bozorda katta foyda bilan qayta sotyapti», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

AQSh prezidenti so‘zlariga ko‘ra, «Ukrainada Rossiya harbiy mashinasidan qancha odam halok bo‘layotgani Hindistonni qiziqtirmaydi». Shuning uchun Tramp Hindistonning Amerikaga to‘laydigan bojlarini sezilarli darajada oshirishga va’da berdi.

1 avgust kuni Rossiyadan harbiy uskunalar va energiya resurslarini sotib olayotgani tufayli Hindiston tovarlariga 25 foizlik Amerika bojlari kuchga kirdi. Tramp, shuningdek, agar Moskva Ukraina bilan tinchlik bitimi tuzmasa, Rossiya neftini sotib oluvchi mamlakatlardan importga 100 foizlik bojlar joriy etish bilan tahdid qildi. Vashingtonning bosimiga qaramay, Hindiston hukumatidagi manbalar Nyu-Dehli Moskvadan neft sotib olishni davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid