Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili va Turkiya elchisi Afg‘oniston yo‘nalishidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Turkiya elchisi Ufuk Ulutash bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlik istiqbollari muhokama qilingan.
Tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi va muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
14:45
Samarqand elektr tarmoqlari Turkiya kompaniyasiga operatsion boshqaruvga beriladi
21:23 / 04.12.2025
«Tolibon» 13 yoshli bolani omma oldida qatlni ijro etishga majburladi
20:27 / 02.12.2025
Tojikiston afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi
19:03 / 02.12.2025