O‘zbekiston | 07:37 / 06.08.2025
1542
2 daqiqa o‘qiladi

Suv xo‘jaligida ilmiy-tadqiqotlar mintaqaviy bazasi kengaytiriladi

Vazirlar Mahkamasining "Suv xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Prezident farmoni bilan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan.

Suv xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro integratsiyani kuchaytirish uchun hujjatda Irrigatsiya va suv muammolari ITI huzurida Qashqadaryo mintaqaviy markazini tashkil etish nazarda tutilgan.

Xorazm va Qashqadaryo markazlarining bino va inshootlarini saqlash, shuningdek xodimlar (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish 2025 yilda Suv xo‘jaligi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, 2026 yildan boshlab esa Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari mahalliy budjetlari parametrlarida nazarda tutiladi.

Institutga qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan yer uchastkalari 30 yil muddatga ijara huquqida beriladi. Ularda quyidagilar bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi:

  • zamonaviy suv hisobi tizimlarini joriy etish;
  • qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslari sarfini hisoblash;
  • tuproq-iqlim sharoitlari va qishloq xo‘jaligi ekinlari turlariga qarab suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishni takomillashtirish;
  • filtratsiyaga qarshi innovatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish orqali sug‘orish tarmoqlarida suv yo‘qotishlarini kamaytirish va ularning samaradorligini oshirish;
  • suv xo‘jaligi sohasida erishilgan ilmiy natijalar, ilg‘or tajribalar va zamonaviy texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid