Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya sudi "Rayffayzenbank" aktivlarini muzlatish qarorini bekor qildi
Rossiya sudi "Rayffayzenbank" aktivlarini muzlatish haqidagi avvalgi qarorini bekor qildi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi Raiffeisen Bank International advokatiga tayanib. RBI rahbariyati hali sud qaroriga izoh bermadi.
Foto: Getty images
Reuters xabariga ko‘ra, Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG (RBI) bank guruhi o‘zining Rossiyadagi shu’ba korxonasi aktivlari bo‘yicha Rossiyadagi sudda g‘alaba qozongan. Rossiya sudi "Rayffayzenbank" aktivlarini muzlatish haqidagi avvalgi qarorini bekor qildi, deb yozadi agentlik RBI advokatiga tayanib. RBI rahbariyati sud qarori haqidagi ma’lumotni hali tasdiqlamadi.
Gap Rossiyaning "Rasperia" investitsiya kompaniyasi tomonidan aktivlarni sotib olish bo‘yicha muvaffaqiyatsiz bitimdan so‘ng da’vo bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida ketmoqda. Iyun oyida Rossiya sudi Avstriya bankining Rossiya aktivlarini xatlovga olish qarorini bekor etishni talab qilgan da’vosini rad etdi.
Reuters ta’kidlaganidek, sud qarori "Rayffayzenbank"ning ehtimoliy sotilishiga avtomatik ruxsat berishni anglatmaydi; buning uchun RBI ko‘p sonli qo‘shimcha ruxsatnomalarni olishi kerak.
2025 yilning may oyida Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki "Rayffayzenbank" hisobraqamidan rubl ekvivalentidagi taxminan 1,87 milliard yevroni majburan yechib oldi va bu summani "Rasperia" kompaniyasi hisobiga o‘tkazdi, deya xabar bergandi RBI rahbariyati. Mablag‘lar Rossiya sudining qarori bilan xatlovga olingan, u RBI'ning Rossiyadagi shu’ba korxonasiga rossiyalik oligarx Oleg Deripaska bilan aloqador bo‘lgan "Rasperia" kompaniyasiga tovon to‘lash majburiyatini yuklagan.
Mavzuga oid
13:52 / 13.03.2026
Vengriya Kiyevga inkassator mashinalarini pullarsiz qaytaradi
14:47 / 07.03.2026
Orban “Drujba” quvuri ta’miri tugamaguncha Ukrainaga yordamni to‘sib qo‘yadi
12:25 / 07.03.2026
Vengriyada ushlangan ukrainaliklar vatanga qaytdi
12:05 / 06.03.2026