Jahon | 21:58 / 07.08.2025
9513
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp faqat bir shartda Putin bilan uchrashadi – OAV

Oq uy rahbari rossiyalik hamkasbi bilan uchrashish uchun shart qo‘ygani ta’kidlanmoqda.

Foto: AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan faqat bir shartda uchrashishi mumkin.

The New York Post (NYP) xabariga ko‘ra, Putin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralarga rozi bo‘lishi kerak. Shunda Tramp - Putin uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

«Uchrashuv bo‘lishi uchun Putin Zelenskiy bilan uchrashishi kerak. Uchrashuv joyi hozircha aniq emas», dedi NYP nashrining Oq uydagi manbasi.

Putin va Tramp uchrashuvi kelishilgani haqida 7 avgust kuni Amerika prezidenti maxsus vakili Stiven Uitkoffning Moskvaga tashrifidan so‘ng e’lon qilindi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi, mo‘ljal – kelasi hafta.

Avvalroq, Putin, umuman olganda, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishga qarshi emasligini, biroq, «bir necha bor aytganidek» buning uchun «muayyan sharoitlar yaratilishi» kerakligini, ammo bungacha «hozircha uzoq» ekanini aytgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid