Jahon | 08:54 / 08.08.2025
1575
2 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat arboblari Mersdan Isroilga qurol yetkazmaslikni so‘radi

350 dan ortiq nemis aktyorlari, rejissyorlari va musiqachilari Germaniyaning Isroilga qurol yetkazib berishini to‘xtatish va G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi ochiq xatni imzoladi.

Foto: Florian Gaertner/photothek/picture alliance

Yuzlab nemis madaniyat arboblari va ommaviy axborot vositalari Germaniya kansleri Fridrix Mersni Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi. Isroilga G‘azo sektoridagi HAMAS guruhiga qarshi harbiy amaliyoti munosabati bilan bosim o‘tkazishni talab qiluvchi ochiq xatga 367 nafar aktyor, rejissyor, musiqachi, prodyuser, ssenariynavis, operator va boshqa madaniyat va ommaviy axborot vositalari vakillari imzo chekkan. 200 dan ortiq taniqli nemislar tomonidan imzolangan murojaat dastlab 31 iyul kuni chop etilgan.

«Biz, shuningdek, HAMASning jinoyatlarini ham keskin qoralaymiz. Lekin hech bir jinoyat millionlab begunoh odamlarning eng shafqatsiz tarzda amalga oshirilgan jamoaviy jazosini qonuniylashtirmaydi», — deyiladi Avaaz inson huquqlari tashkiloti tashabbusi bilan bo‘lgan xatda.

Ochiq xatda G‘azo sektori aholisi, jumladan, bolalar ham halokatli ahvolga tushib qolgani qayd etilgan. «G‘azo ocharchilik domida qolgan va lagerlar yuz minglab odamlarni qabul qilishni rejalashtirayotgan bir paytda Isroil hukumatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashda davom etish Germaniya milliy manfaatlariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi», — deydi murojaat mualliflari. Ularning fikriga ko‘ra, Mers «Isroilni yo‘nalishini o‘zgartirishga ishontira oladigan kam sonli odamlardan biri».

Ochiq maktubda aytilishicha, Germaniya hukumati Isroilga qurol eksportini to‘xtatishdan tashqari, Yevropa Ittifoqi va Isroil assotsiatsiyasi to‘g‘risidagi bitimning to‘xtatilishini qo‘llab-quvvatlashi va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, gumanitar yordam to‘siqsiz kirishini qat’iy talab qilishi kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid