Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta boshida harorat 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston hududlarida issiq va quruq ob-havo sharoiti saqlanib turadi.
«O‘zgidromet» 11 avgust kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +22...+24 daraja, kunduzi +38...+40 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33..+38 daraja ba’zi joylarda +40 darajagacha bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22..+27 daraja, cho‘l hududlarida +30..+32 darajagacha, kunduzi +37..+42 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +19..+24 daraja, kunduzi +35..+40 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/sgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +21...+26 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-15 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.