Texnologiya | 11:12 / 12.08.2025
4578
2 daqiqa o‘qiladi

Apple 20 yillik yubileyga shisha iPhone chiqaradi

Keyingi avlod iPhone korpusi «vizual va taktil jihatdan choksiz» bo‘lishi mumkinligi, bu esa Apple shishadan to‘liq foydalanayotgandek taassurot qoldirishi aytilmoqda.

Foto: wccftech.com

Apple 2027 yilda nishonlanadigan iPhone lineykasining 20 yilligi munosabati bilan dizaynni tubdan yangilashga tayyorlanmoqda - mish-mishlarga ko‘ra, smartfon korpusi to‘liq shishadan tayyorlanadi.

AQSh patentlar byurosiga (USPTO) topshirilgan so‘nggi arizaga ko‘ra, qurilma choksiz monolit blok effektini yaratuvchi olti tomonli shisha korpusga ega bo‘ladi.

Maqsad «vizual va taktil sezuvchanlikka» erishish bo‘lsa-da, patent yaxlit oynaning mo‘rtligini oldini olish uchun bir nechta shisha elementlaridan iborat konstruksiyani tavsiflaydi.

Shu bilan birga, turli qalinlikdagi sohalar, jumladan, qalin burchaklar nazarda tutilgan. Barcha qirralar kontentni ko‘rsatishi va teginishlarga javob berishi mumkin, shishada esa mikrofonlar va karnaylar uchun teshiklar bo‘ladi.

Interfeys yon panellarga integratsiya qilinadi, bu esa yangi boshqaruv ssenariylarini ochadi. Bunday yondashuv Apple’ga deyarli «mukammal», ramkasiz, old panelida kesiklar bo‘lmagan iPhone’ni taklif qilish imkonini beradi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid