Jamiyat | 13:24 / 12.08.2025
8233
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiydagi ikkita osma dor yo‘li faoliyati taqiqlandi

Dor yo‘lidan foydalanib kelayotgan tadbirkorlarga tegishli ruxsatnoma olmasdan turib faoliyat yuritish taqiqlandi.

Foto: Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi

Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi «Langar» qo‘rg‘onida joylashgan ikkita osma dor yo‘li faoliyati taqiqlandi. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 10 avgust kuni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan «Langar» qo‘rg‘onida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan o‘rnatilgan ikkita osma dor yo‘lining texnik holati, normativ xujjatlar talablariga javob berishi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish davomida dor yo‘lidan foydalanib kelayotgan tadbirkorlarga mavjud kamchiliklar bo‘yicha ko‘rsatma berilgan holda, tegishli ruxsatnoma olmasdan turib dor yo‘lidan foydalanmaslik bo‘yicha qat’iy taqiq qo‘yilgan.

Qo‘mita attraksionlar bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish maqsadida, texnik nosoz va shubhali bo‘lgan attraksionlar haqida xabar berishni so‘ramoqda.

Mavzuga oid